Ivan Danilyants «Rostov»ning yangi bosh murabbiyi bo‘ldi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar bergan.

63 yoshli ushbu mutaxassis 2014 yildan buyon jamoa murabbiylar shtabida edi. U 2010 yildan 2013 yilgacha«Rubin»da Qurbon Berdiyev bilan ishlagandi.

Qurbon Berdiyev rostovliklar jamoasi bosh murabbiyligidan ketgach, bosh murabbiy vazifasini vaqtinchalikka Dmitriy Kirichenko bajarib kelayotgandi.

«Rostov»ning sobiq bosh murabbiyi, 6 avgust kuni o‘z lavozimini tark etgan Qurbon Berdiyev klubda vitse-prezident lavozimini egallagan.

64 yoshli mutaxassis bilan 2017 yilgacha shartnoma imzolangan.

Unga infrastrukturani rivojlantirish va bolalar-o‘smirlar futboli bilan shug‘ullanish vazifasi yuklatilgan.

Bundan tashqari, Berdiyev asosiy va yoshlar jamoasining murabbiylariga maslahatchilik qiladigan bo‘ldi.