AQŞning sobiq prezidenti Jorj Buşning 2001 yil 11 sentabr qöporuvçiliklari çoğida, prezident samolyoti bortida olib borgan muzokaralarining töliq matni e'lon qilindi. Uni, Buşning matbuot kotibi Ari Fleyşer oşkor qilgan. Ma'lum bölişiça, öşa kuni Fleyşer prezident oğzidan çiqqan deyarli har bir sözni yozib olgan, deb izohlamoqda RIA Novosti.
«Men buni kim amalga oşirganini tezroq aniqlaş uçun özimni zörğa tiya olayapman. Bu ança vaqtni oladi, ammo jazosi yengil bölmaydi», — deya Buş sözlarini keltiradi agentlik.
Fleyşer yozuvlariga köra, sobiq prezident maxsus xizmatlarning taqiqiga ham qarşilik körsatişga urinib körgan. Buş Vaşingtonga qaytişni xohlaganida, uning yordamçisi poytaxtda notinçligini aytadi.
Fleyşer stenogrammasida şuningdek, prezident samolyoti bortida bölib ötgan qandaydir suhbat ham yodga olinadi. Unda: «Navbatdagi — farişta» deyilgan.
«Farişta» sözi prezident samolyotining kodlangan nomi bölgani bois, havo laynerida bölganlar, terrorçilarning navbatdagi nişoni bölişdan xavotirlanişgan. Keyinroq aniqlanişiça, xabar xato bölgan. Şu sabab, Amerikaning birinçi raqamli bortidagi aloqa tizimi butunlay yangilangan.
Şuningdek, matbuot kotibi yozuvlarida Buşning öz oilasi va iti Berni hayotiga qayğurgani haqida söz boradi.












