Germaniya xavfsizlik xizmatlari qaçonlardir Yevropadan Suriya va Iroq hududlariga yöl olgan va endilikda YeI hududiga qaytayotgan diniy radikallar soni ortib borayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda Welt am Sonntag naşri xabar tarqatgan.

Xabarda aytilişiça, öz vaqtida Yevropadan 6 mingdan ortiq radikal uruş harakatlari olib borilgan hududlarga jönab ketgan va endi ularning uçdan bir qismi ortga qaytişi mumkin. U bunday toifalar muhojirlar qatorida Yevropaga ötib olişi mumkinligini qayd etib ötgan.

Naşrning yozişiça, bu IŞIDning mağlubiyatga uçrayotgani bilan boğliq.

«Jihodçilarning qaytişi jiddiy tahdidlarni keltirib çiqaradi. Ularning aksar qismi öta radikal yondaşuvga, harbiy tayyorgarlikka va uruş tajribasiga ega», deya ma'lum qilgan Germaniya jinoiy işlar idorasi rahbari Holger Myunx.

Myunx şuningdek, radikallar Iroq va Suriyada bir-biri bilan aloqa örnatib, söng taşkil etilgan terrorçilik tarmoğidan Yevropada foydalanişi mumkinligidan ogohlantirgan. U Parij va Bryusseldagi teraktlar taşkilotçilari bir-birlari bilan aloqada bölganini eslatib ötgan.

Şu bilan boğliq ravişda Myunx Yevropa mamlakatlari razvedkasini özaro faolroq axborot almaşişga çaqirgan.