2016 yilning avgustida ekspluatatsiyasi yölga qöyilgan dunyodagi eng ingiçka minora hisoblanmiş Angliyaning i360 minorasi taşriflar uçun yopildi. Bu yerga taşrif buyurganlar hadeb qulflanib qolaverganidan keyin inşootni vaqtinçalik yopişga qaror qilindi. VVS yangiliklar xizmati şu haqida ma'lum qildi. 

11 sentabrda Braytondagi yangi minoraga odamlarni qöyiş töxtatildi. Şu kuni eşik sensorlaridagi nosozliklar tufayli 200 nafar kişi kapsula içida qolişga majbur böldi. 

8 sentabrda i360 inşooti oçilişi şarofatiga uyuştirilgan yopiq tadbirda taxminan 180 kişi kapsulada ikki soatini ötkazgan. Oqşom iştirokçilari orasida homilador ayol ham bölgan. 

Minorani boşqaruvçi kompaniya xodimlari attraksionga sotilgan çiptalar pulini qaytarişga yoki mijozlar taşrifi uçun boşqa qulay vaqt taklif etişga va'da berişdi. Hozirda mutaxassislar minoraning texnik holatini tekşiruvdan ötkazişmoqda. 

i360 inşooti 162 metr uzunlik va 4 metr diametrga ega bölib, u dunyodagi eng ingiçka minora hisoblanadi. Obekt maşhur "London közi" çarxpalagini bunyod etgan Marks Barfield Architects idorasi me'morlari tomonidan loyihalaştirilgan. 138 metr balandlikka kötariluvçi i360 platformasiga çipta narxi - 5 funt sterling (taxminan 7 dollar).