Instagram fotoservisida izohlarni nazorat qiliş uçun yangi funksiya yölga qöyildi. Foydalanuvçilar u yordamida özlari noörin yoki haqoratli deb bilgan sözlarni belgilaşlari mumkin böladi. Bu haqida Instagram'ning rasmiy blogida ma'lum qilindi.
Mazkur optsiya tufayli foydalanuvçi tomonidan taqiqlangan sözlar izohlarda körsatilmaydi.
Yangi funksiyani Instagram sozlamalarida faollaştiriş mumkin, buning uçun ilovadagi "oltilik" belgisini bosiş kerak.
Servis iştirokçilari özlari uçun mana şunday sözlar röyxatini tuzib, ulardan töğridan-töğri foydalana olişadi. Yangilik mavjud moderatsiya vositalariga qöşimça sifatida kiritildi: Instagram'da avvalgidek izohlarni öçiriş, noörin izohlar haqida xabar beriş va akkauntlarni bloklaş mumkin.
"Barça foydalanuvçilarimizni xavfsizlantiriş uçun biz insonlarga heç qanday tanqid yoki haqoratni körsatmay, özligini saqlab qolişiga şaroit yaratişimiz lozim", - deya ta'kidladi Instagram boş direktori Kevin Sistorom.
12 sentabrdan e'tiboran Android va IOS (9.3.) foydalanuvçilari yangi funksiya asosida öz sahifalaridagi izohlarni boşqarişlari mumkin böladi.

















