Dono xalqimizning “Yaxşi xabar - yaşindek tarqalar” degan maqoli bejiz aytilmagan. Xabaringiz bor, Rioda bölib ötayotgan Paralimpiada bahslarida 100 metr masofaga brass usulda suziş böyiça kuç sinaşgan Firdavs Musabekov 1 daqiqa 04.94 soniya natija körsatib, oltin medalni qölga kiritdi.
Andijonlik paralimpiyaçimiz Firdavs Musabekovning jahonning nufuzli musobaqasida yurtimizga yana bir oltin medalni hadya etgani haqidagi xabarni eşitib, uning xonadoni tomon şoşildik. Qarangki, yetib borganimizda Musabekovlar xonadoni allaqaçon çempion öğlon oilasini tabriklaş uçun kelgan hamşaharlar bilan gavjum bölib ulgurgan ekan.
Darhaqiqat, dunyoda ota-onalar uçun öz farzandi kamolini körişdan köra ortiqroq baxt yöq. Firdavsning onasi Şoiraxon opa közlarida sevinç yoşlari miltiraydi. – Polvon yurt bolasi böladi, öğlimning qölga kiritgan yutuği mustaqil Vatanimizniki,-deydi ona.
Çempionning oilasini tabriklaş uçun viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov bir guruh mutasaddilar bilan taşrif buyurib, barça yiğilganlarni ham sportçimizning ajoyib ğalabasi bilan qutladi.



























