Toşkent şahri mezbonlik qilayotgan oğir atletika böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi ikkinçi oltin medalini qölga kiritdi. Qizlar örtasida 63 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida bahs olib borgan Kumuşxon Fayzullayeva ikki kuraş böyiça oltin medalni qölga kiritdi. Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Dast kötarişda 94 kilogramm bilan uçinçi natija qayd etgan Kumuşxon Fayzullayeva siltab kötariş maşqida öz mahoratini namoyiş qilib, oltin medalga sazovor böldi.
Kumuş va bronza medallari Misr hamda Tunis terma jamoasi vakilalariga nasib etdi.
Ta'kidlaş joizki, Kumuşxon Fayzullayeva Özbekiston oğir atletikasi tarixida jahon çempionatida oltin medalni qölga kiritgan ilk ayol sportçi böldi. Bu terma jamoamizning musobaqada qölga kiritgan ikkinçi oltin medali edi. Ikki kun muqaddam erkaklar ötasida Adham Ergaşev "+62 kg" vazn toifasida ham dunyo birinçiligida zafar quçgan edi.

















