Belarusning barça hududlarida respublika milliy kengaşi a'zolari saylandi. Bu haqda «BelTA» xabar bergan.
Mahalliy saylovlar va Minsk şahar kengaşi uçun saylovda parlament yuqori palatasi uçun 56 nafar a'zo aniqlab olingan, yana 8 nafar nomzod prezident tomonidan körsatiladi.
Belarus parlamenti tarkibi 64 senatordan iborat böladi.
11 sentabr kuni Belarusda Vakillar palatasi uçun saylovlar ötkazildi. 110 okrugda 484 nomzod orasidan 110 deputat tanlandi.
Bundan oldinroq, Vaşington Belarusdagi parlament saylovlari xususida tanqidiy fikr bildirgani haqida xabar berilgandi.












