Jahon | 00:16 / 15.09.2016
4902
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada sobiq prezident da Silvaga korrupsiya bo‘yicha ayblov e'lon qilindi

Braziliya prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Inasiu Lule da Silva va uning rafiqasiga korrupsiya bo‘yicha ayblov e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Avvalroq Kuritiba shahri federal politsiyasi da Silva va uning rafiqasi noqonuniy sxema natijasida Petrobras neft kompaniyasi bilan bog‘liq bo‘lgan OAS qurilish kompaniyasidan 748 ming dollar olganini ma'lum qilgandi. 

Petrobras kompaniyasi 2014 yilda korruptsion mojaro diqqat markaziga tushgan. Ma'lum bo‘lishicha, bir necha funktsionerlar shartnomalarni imzolab, buning uchun shartnoma miqdoridan 3 foiz hisobida komission to‘lovlar olgan. Bu vositalar keyinroq siyosatchilar va amaldorlarni "moylash" uchun ishlatilgan. Braziliya hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, narxlarning oshirilishi va poralar noqonuniy sxema mualliflariga 3,8 mlrd dollarga yaqin pul keltirgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid