Edvard Snouden kiberxavfsizlikka oid maslahatlar berdi

AQSh Milliy xavfsizligi agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden kiberta'qibdan qanday qutilish mumkinligiga oydinlik kiritdi. U ko‘pgina jihatlar orasida kompyuterdagi veb-kamerani plastir bilan to‘sib qo‘yish muhimligini bildirgan.
«Bu oddiy. Agar siz plastirdan foydalansangiz u sizning kompyuteringizni buzmaydi. Kamerani qo‘llaganda plastirni olib qo‘yasiz, tamom-vassalom», — deya Snouden so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi. U, Oliver Stounning «Snouden» nomli filmidagi shu kabi holatni izohlar ekan, shunday fikrni bildirgan.
Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi kiberxavfsizlik bo‘yicha boshqa maslahatlarni ham bergan. Xususan, turli saytlar uchun bir xil paroldan foydalanish yaxshi emas. Agar shunday qilsangiz, bitta akkauntingiz buzilsa, boshqasi ham buzilishi mumkin. Snouden telefon orqali suhbatlarga qarshi kurashish uchun kodlash dasturlaridan foydalanishni tavsiya qilgan. Bundan tashqari, u, reklamalarni to‘suvchi va viruslarga qarshi dasturlar o‘rnatishni tavsiya qilgan. Biroq, bularning bari Snoudenning so‘zlariga ko‘ra, faqat xakerlarni to‘xtata oladi, maxsus xizmatlarni emas.
«Bu AQSh MXAga qarshi qo‘l kelmaydi. Siz MXAni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, siyosiy jarayon orqali erisha olasiz. Ammo, afsuski bu yilgi prezidentlik kampaniyasida bu haqda eshitmayapmiz. Hech kim konstitutsiya va huquqlar xususida eslamayapti ham. Ular, bizga keraksiz bo‘lgan narsalar haqida jar solmoqda», — deb qayd etgan Snouden.
«Snouden» filmi rejissyori Oliver Stoun ham noutbukdagi kamerasini yelimlab qo‘yishini ta'kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, AQSh Federal qidiruv boshqarmasi direktori Jyeyms Komi noutbugidagi veb-kamerani xakerlik hujumi va buzilishiga qarshi yelimlashini bildirgan va boshqalarga ham shunday yo‘l tutishni maslahat bergan edi. Facebook asoschisi Mark Tsukerberg ham kiberxavfsizligini ta'minlash maqsadida xuddi shu usuldan foydalanadi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida
O‘zbekiston | 13:29
-
Shavkat Mirziyoyev hokkeychilar va yengil atletikachilarni yutuqlari bilan tabrikladi
Sport | 13:23
-
Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi ba’zi shartlari e’lon qilindi – OAV
Jahon | 13:15
-
Isroilning asl maqsadi, vafot etgan Rim papasi va Ukraina urushidan charchagan AQSh - kun dayjesti
Jahon | 13:04
Mavzuga oid

11:55 / 11.10.2024
Kiberxavfsizlik sammiti doirasida tashkil qilingan hakerlar musobaqasi yakunlandi

20:33 / 07.10.2024
Toshkentda II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tadi

12:18 / 21.07.2024
Samarqandda xaker yigit taniqli boylarni aldab pullarini o‘zlashtirdi

20:54 / 08.03.2024