Toşkent va Namangan şaharlarida ICTEXPO-2016 körgazmasi bölib ötadi
ICTEXPO 2016 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari körgazmasi bu yil Toşkent va Namangan şaharlarida bölib ötadi. Körgazmada 150 eksponent-kompaniyalar iştirok etadi. Kompaniyalar stendlari Toşkent şahridagi "Özkörgazmasavdo" markazi va Namangandagi "Pahlavon" sport majmuasi hududida joylaştiriladi. Tadbirlarga taxminan 35 ming kişi taşrif buyurişi kutilmoqda. ICTEXPO-2016 21-23 sentabr kunlari Toşkentda va 21-22 sentabr kunlari Namanganda bölib ötadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari körgazmasining ötkazilişidan maqsad - şu sohada erişilgan yutuqlarni namoyiş qiliş.
ICTEXPO-2016 körgazmasi bir neça mavzu yönalişlari böyiça ötkaziladi - ularning orasidan mobil aloqa, internet, telekommunikatsiyalar, dasturiy ta'minot sanoati, elektron hukumat va elektron savdo örin olgan.
ICTEXPO 2016 körgazmasining bu yilgi homiysi - Huawei
Ötgan yili Özbekistonda ilk marotaba Axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT) forumi taşkil etilgandi va u iştirokçilar orasida katta muvaffaqiyat qozongan edi. Bu yil esa tadbirning dasturiy qömitasi tarkibiga yetakçi IT-kompaniyalar xodimlari, soha mutaxassislari va xorijiy ekspertlar kiritildi. Tadbirga 800 nafardan ortiq kişi taşrif buyurişi, 70 nafardan ortiq spiker bir neça mavzu yönalişlari böyiça çiqiş qilişi kutilmoqda. Forumning rang-barang dasturi iştirokçilarga turli yönalişlar böyiça sektsion majlislarga kiriş imkonini beradi: Ye-Government Uzbekistan, Raqamli iqtisodiyot, Internet-forum, şuningdek «Axborot xavfsizligi», «Startap konferensiyasi» va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik Palatasi iştirokidagi konferensiya kabi sektsion majlislar.
E-Government Uzbekistan konferensiyasi doirasida elektron hukumat sohasidagi strategik vazifalar va amalga oşirilgan loyihalar muhokamasi, axborot texnologiyalari asosida davlat va jamoatçilikning özaro muvaffaqiyatli hamkorligini yölga qöyiş uçun tajriba va ğoyalar almaşinuvi bölib ötadi.
Raqamli iqtisodiyotda quyidagi mavzularda ma'ruza va taqdimotlar bölib ötadi: "Olmaliq TMK" AJ faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiliş", "Bulutli muhit iqtisodiyotning ösişiga olib keladi", "Özbekistonning taşqi savdo iştirokçilari uçun "bir oyna"li axborot tizimi", "Özbekiston temir yöllari" AJda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanişi haqida", "Özbekiston havo yöllari" MAK yölovçilari uçun onlayn-servisni yölga qöyiş va rivojlantiriş".
















