Samsung kompaniyasi Janubiy Koreya zavodlaridan biridagi işlab çiqarişni töxtatişga majbur böldi. Bunga mintaqada röy bergan 5,8 balli yer silkinişi sabab böldi. Bunday seysmik hodisa mamlakat hududida 1978 yildan buyon kuzatilmagandi.
Sönggi kunlarda mamlakatda ikki marta kuçli zilzila sodir böldi. 12 sentabr kuni seysmologlar Rixter şkalasi böyiça 4,9 balli, 13 sentabrda esa - 5,8 balli kuçli silkinişni qayd etişdi. Zilzila markazi Kensan provinsiyasida 10 kilometr çuqurlikda bölgan.
Janubiy Koreyada 40 yildan beri bunday kuçli zilzila kuzatilmagan edi.
Janubiy Koreyaning köplab hududlari, şuningdek Yaponiyaning Kyusyu oroli aholisi yerosti silkinişlarini his qilişdi. Buning natijasida 6 kişi jarohatlangan, vayronagarçiliklar haqida xabar berilmagan.
Insayderlarning ma'lum qilişiça, Samsung zilzila tufayli işlab çiqarişni töxtatişga majbur böldi. Manbaga köra, bu - ehtiyot çorasi, zavodlarga qanday ziyon yetgani noma'lum.
Janubiy Koreya seysmik jihatdan xavfli hudud hisoblanmas edi, biroq endi tahlilçilar bu qaraşlarini qayta körib çiqişlari mumkin.













