Jamiyat | 03:59 / 15.09.2016
14537
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston dunyoning eng ijobiy hissiyotga ega mamlakatlar reytingining yuqorisidan joy oldi

O‘zbekiston eng ta'sirchan mamlakatlarning birinchi beshtaligi qatoridan joy oldi. Beshtalik ichida Paragvay, Gvatemala va Honduras kabi davlatlar ham bor. Dunyo mamlakatlari aholisining hissiy kechinmalari ustida tadqiqot olib borgan Gallup ijtimoiy kompaniyasi mazkur xulosaga keldi. 

2015 yil davomida dunyoning 140ta mamlakatlarida 147 mingga yaqin intervyular o‘tkazildi. Insonlarga kechagi kun qanday hissiyotlarni boshdan kechirganligini aniqlash maqsadida o‘nta savol berildi: «Kecha siz qandaydir qiziqroq ish qildingizmi?», «Siz ko‘p tabassum qildingizmi?», «Siz tushkun holatda bo‘ldingizmi?» va boshqalar.

Tasdiq javoblar soniga ko‘ra savollarda ikkita jihat - ijobiy va salbiylik hisobga olindi.

Ijobiy kechinmalar reytingida Paragvay yetakchilik qilmoqda. Uning ketidan ro‘yxatni Gvatemala, Honduras va O‘zbekiston davom ettirdi. Siyosiy holat notinch bo‘lgan Suriya, Turkiya, Ukraina, Iroq, Yaman kabi davlatlarda esa eng salbiy hissiyotlar ko‘rsatkichi qayd etildi.

Natijaga muvofiq, O‘zbekiston salbiy hissiyotlar darajasi kam bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida ham yetakchilik qilmoqda. 
 

Mavzuga oid