MDH davlatlari sammitida iştirok etiş uçun Qirğizistonga tört mamlakat rahbari taşrif buyurdi. Bu haqida Qirğiziston Respublikasi hukumatining axborot bilan ta'minlaş bölimi xabar berdi.
Manbaga köra, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko keça keçqurun Bişkekka yetib kelgan. Uni "Manas" aeroportida QR boş vaziri Sooronbay Jeenbekov kutib olgan. Bugun vazirlar mahkamasi rahbari Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni qarşi oldi.
Şuningdek mamlakatga Moldova boş vaziri Pavel Filip ham taşrif buyurdi va Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uçraşib, ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirişga doir dolzarb masalalarni muhokama qilişga ulgurdi.
Qirğizistondagi MDH davlatlari sammitida iştirok etiş uçun tört mamlakat prezidenti taşrif buyurdi
21:16 / 16.09.201617 1291 min

















