Internet tarmoğida Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyevning qirğiz tilidagi ilk - "Qirğizistonim" qöşiği paydo böldi.
Ta'kidlaş joizki, bu - rahbarining qirğiz tilidagi birinçi qöşiği. Qöşiqqa işlangan rolik YouTube'da Toptash nomli foydalanuvçi tomonidan havola etildi. "Qirğizistonim" qöşiğining muallifi va ijroçisi - Atamboyevning özi. Videoqator mamlakat manzaralari aks etgan turli roliklardan olingan.
Bundan avval Qirğiziston rahbarining rus tilidagi qöşiqlariga işlangan kliplarini havola qilgan edik - "Taqdirga qasdma-qasd", "Sensiz yaşay olmayman" va "Bema'ni sözlar". Atamboyevning sözlariga köra, qöşiqlarni yozişga 47 daqiqagina vaqt sarflangan.
Bugun Almazbek Atamboyev 60 yoşni qarşiladi. U MDH davlatlari sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşadi va muzokara ötkazadi. Ular bir qator memorial va madaniy-sport obektlariga taşrif buyurişi rejalaştirişgan.
Almazbek Atamboyev 2017 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin siyosiy faoliyatini davom ettirmasligini bir neça marta ta'kidlagan.
















