Huawei kompaniyasi ICTWEEK 2016 axborot va kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida HAINA yangi ilmiy-ta'lim loyihasi – Huawei axborot va tarmoq texnologiyalari muvofiqlaştirilgan akademiyasini işga tuşirişini ma'lum qildi. Toşkent axborot texnologiyalari universitetida faoliyat yuritadigan loyiha kelgusida Özbekistonning IKT va telekommunikatsiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş uçun negiz vazifasini bajarişi nazarda tutilgan. Loyiha Markaziy Osiyoda birinçi bölib işga tuşariladi va şunisi bilan noyob hisoblanadiki, Toşkent axborot texnologiyalari universitetida axborot va kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasida kadrlarni sertifikatsiyalaşning ixtisoslaştirilgan markazi taşkil etiladi.
Akademiya IKT sanoati va uşbu yönalişda işlaş va rivojlanişni istagan yoşlar, umidli mutaxasislar örtasida köprik vazifasini ötaşi kerak. Loyiha quyidagi maqsadlarni közlagan: a) mamlakatning eng yaxşi oliy öquv yurtlari bilan hamkorlik qiliş; b) IKT sohasida iqtidorli mutaxassislarni hamkorlikda rivojlantiriş; v) IKT sanoatini ilgari suriş; g) iqtidorli va iste'dodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş.

Şu munosabat bilan, Huawei kompaniyasi tomonidan 20 nafar tinglovçini öz bağriga siğdira oladigan öqitişning öta yangi texnologiyalari bilan jihozlangan maxsus Smart-laboratoriya barpo etildi. Barça serverlar va noyob dasturiy ta'minot Toşkent axborot texnologiyalari universiteti bilan şu yil 17 mayda imzolangan memorandum doirasida taqdim etildi.
- Uşbu memorandumni imzolar ekanmiz, biz Özbekistonning 25 yilligi bayramiga akademiyani tayyorlaş va uni universitet boşqaruviga berişni maqsad qilgan edik. Biz öz va'damizning ustidan çiqqanimiz hamda ITK va telekommunikatsiyalar yönalişida interaktiv darslarni ötkaziş uçun noyob “aqlli” sinfxonani yaratganimizdan faxrdaman. Huawei axborot va tarmoq texnologiyalari avtorlaşgan akademiyasi (HAINA) beğaraz hamkorlik dasturi bölib, u yoş mutaxassislar uçun Huawei sertifikatsiyalangan kurslarini taşkil etişda universitetlar va professional kollejlarni qöllab-quvvatlaydi, - dedi Huawei inng Özbekistondagi boş direktori janob Van Pen.
HAINA dasturini tugatgan professionallarga IKT sohasida kelgusidagi faoliyatini davom ettiriş va rivojlantiriş uçun Huawei sertifikatsiyasini ötişlari tavsiya etiladi. HAINA dasturi öz içiga quyidagi sertifikatsiya turlarini olgan: HCNA/P-R&S, HCNA/P-WLAN, HCNA/P-Security, HCNA/P-saqlov va HCNA/P-Cloud Computing.
Uşbu loyiha doirasida quyidagi yönalişlar böyiça ilmiy-amaliy kurslar taşkil etiladi:
1) kiçik va örta hajmdagi tarmoqlarni yaratiş va boşqarişga qaratilgan IP-tarmoqlari böyiça öquv kursi;
















