17 sentabr, şanba kuni mahalliy vaqt  bilan soat 3:30da Orlando şahrida (Florida) otişma sodir böldi, buning natijasida 1 kişi halok böldi, 6 kişi jarohat oldi. Bu haqida WFTV ma'lum qildi. 

Dastlabki ma'lumotlarga köra, otişma bilyardxona binosi oldida röy bergan. Noma'lum kişi bino oldidan ötib ketayotgan maşinadan öq uzgan va voqea joyidan yaşiringan. 

Orlando politsiyasi bino oldida taxminan 200 nafar kişi bölganligini xabar qildi. Jabrlanuvçilarning biri öşa yerning özidayoq jon berdi. Qolgan 6 nafar kişi şifoxonalarga yetkazilgan. 

Voqea yuzasidan guvohlar söroq qilinmoqda. Hozirça hujum aynan kimga qaratilganligi noma'lum.