Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev davolaniş uçun Istanbulda sentabr oyi oxirigaça qoladi. Bu haqda Anadolu xabar bergan.

Agentlik ma'lumotiga köra, yelkasida oğriq sezgan davlat rahbari Turkiyada sentabr oyi oxiriga qadar jiddiy tibbiy tekşiruvdan ötkaziladi.

Atambayev ayni vaqtda Izmir viloyatidagi Çaşmi şahridagi mehmonxonada tiklaniş jarayonini ötamoqda.

U joylaşgan mehmonxona hududida tez tibbiy yordam şifoxonasi navbatçilik qilmoqda.

Qirğiziston prezidenti 19 sentabr kuni BMT Boş Assambleyasining 71-sessiyasida iştirok etiş uçun AQŞga yöl olgandi. Samolyot Nyu-Yorkka uçiş davomida Turkiyadagi Otaturk aeroportiga qönganida prezident özini yomon his qildi va kökragidagi oğriqdan şikoyat qildi.

Yuzaga kelgan muammo tufayli Qirğiziston prezidentining Nyu-Yorkka işçi taşrifi bekor qilindi, u yerda u BMT Boş Assambleyasi sessiyasida umumiy munozaralarda qatnaşmoqçi edi.

Şundan söng u mehnat ta'tiliga çiqqani va 1 oktabrgaça işga qaytmasligi ma'lum böldi.