Jamiyat | 14:59 / 20.09.2016
5468
2 daqiqa o‘qiladi

Singapurlik oshpaz o‘zi tayyorlaydigan qaylaning tarkibini katta pulga sotmoqchi

Foto: EPA

Ikki oy muqaddam an'anaviy mahalliy "chiken rays" (guruchli tovuq) taomi uchun Michelin yulduzini qo‘lga kiritgan singapurlik oshpaz Chan Xun Men o‘z qaylasining tarkibini sotuvga qo‘ydi. Channel NewsAsia telekanalining xabar qilishicha, gastronom uning mahsulotini 2 mln singapur (1,4 mln AQSh dollari) dollariga baholagan. Uning oshxonasidagi bir martalik taom esa bundan 2 mln marta arzon turadi. 

Albatta, Channing ta'kidlashicha, u aslida "nafaqat zaruriy mahsulotlar sirini sotish niyatida, balki Singapur tashqarisida tamaddixonalar tarmog‘ini tashkil etishni rejalashtirayapti". Bosh oshpazning fikricha, biznes bo‘yicha salohiyatli hamkorlar "uning mahsulotini xorijga chiqishini ta'minlash barobarida sifati va mazasi saqlanishini ta'minlashi kerak". Uning tan olishicha, Chan bir necha marotaba muzokaralar o‘tkazgan, ammo barchasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. 

Shunga ko‘ra, hozircha Chan o‘z do‘stlari bilan Singapur hududida biznesini kengaytirish ishlari bilan mashg‘ul. 

Mavzuga oid