BMT insonparvarlik masalalari böyiça boş kotibi örinbosari Stiven ÖBrayyenning bayonot berişiça, Suriyaning Halab şahrida taşkilotning gumanitar yuklarni olib ketayotgan karvoni öqqa tutilişi oqibatida «köplab insonlar» halok bölgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Dastlabki ma'lumotlarga köra, nafratni uyğotuvçi uşbu hujum oqibatida köp kişilar öldirilgan yoki jarohatlangan, ular orasida Suriya Arab Qizil yarimoy jamiyati köngillilari ham bor» — degan ÖBrayyen. 

Suriyadagi inson huquqlari observatoriya xabarlariga köra, fojiada 12 kişi halok bölgan, ularning aksariyati haydovçilar va taşkilot xodimlaridir. 

BMT vakillarining aytişlariça, 31 ta yuk maşinasidan iborat avtokarvon Uram al-Kubro aholi punktiga insonparvarlik yuklarini yetkazişi kerak edi. Biroq, Halabga kiraverişda karvon havodan öqqa tutilgan. Oqibatda kamida 18ta maşinaga jiddiy zarar yetkazilgan. 

Xalqaro Qizil Xoç jamiyati Twitter sahifasida halok bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. 

Avvalroq, Davlat departamenti Jon Kirbi, Halabda BMT gumanitar karvoni öqqa tutilişi munosabati bilan AQŞ Suriya inqirozini hal etiş doirasida Rossiya bilan hamkorlik masalasini qayta körib çiqmoqçi ekanini bildirgan edi. 

BMTning Suriyani Halab şahriga yuborilgan insonparvarlik yuklari ortilgan avtokarvoni 19 sentabrda hujumga uçragan edi. Taşkilot xabariga köra, otişmada 18ta avtomobilga zarar yetkazilgan.