BMT ma'lum qildiki, Suriyaning Halab viloyati hududida taşkilotning insonparvarlik yuklari ortilgan yuk maşinalaridan iborat karvoni hujumga uçragan. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
BMT matbuot kotibi Stefan Duyariçning ma'lum qilişiça, konvoy 31ta avtomobildan iborat bölgan, şulardan 18tasi hujumdan zarar körgan.
Uning qayd etişiça, konvoy olib ketayotgan yuklar Urm al-Kubra şahridagi 78 ming kişi uçun möljallangandi.
Bundan taşqari, Suriyadagi Qizil yarimoy (SARC) jamiyati binosi ham öqqa tutilgan.
19 sentabr kuni Suriya armiyasi öt oçişni töxtatiş muddati tugaganini ma'lum qildi. Bunga terrorçilar tinçlik rejimidan jangarilarni qayta guruhlaş va hujumlarni davom ettiriş maqsadida qurol-yaroğ töplaşda foydalangani sabab böldi.
Sulh tartibi 12 sentabr kuni amalga kirgan edi.

















