Jamiyat | 10:45 / 21.09.2016
5885
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Su-24 samolyotlarini Halabdagi gumanitar karvonga hujum qilishda gumon qilmoqda

© Reuters

Amerika ma'muriyati mulozimlarining Reuters agentligiga ma'lum qilishlaricha, Suriyaning Halab shahri yaqinidagi insonparvarlik yuklari olib ketayotgan avtokarvonni Rossiyaning Su-24 samolyotlari bombardimon qilgan. AQSh tomoni o‘z razvedka ma'lumotlariga asoslanib shunday fikrni ilgari surmoqda. 

Unga ko‘ra, go‘yo ikkita Su-24 samolyoti 19 sentabr, dushanba kuni avtokarvon bombardimon qilingan vaqtda Suriya osmonida bo‘lgan. Bu holat, hodisada Rossiya aybdor, degan xulosaga asos bo‘lishi mumkin, deb qo‘shimcha qilgan manba. 

Shu bilan birga, Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ben Rodsning aytishicha, ma'muriyat «yirik gumanitar fojia»da Rossiyani aybdor deb biladi. Biroq, u hujumni Rossiya samolyotlari amalga oshirganini bevosita tilga olmagan. 

Rossiya rahbariyati o‘z navbatida avtokarvonga havodan hujum uyushtirilganini rad etmoqda. Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, karvon bevosita quruqlikda yona boshlagan. 

Shuningdek, rasmiy Moskva razvedka ma'lumotini taqdim etgan «Oq dubulg‘alilar» tashkilotining ishonchli ekanini shubha ostiga qo‘yib, u «Jabhat-an-Nusra» terrorchi tashkiloti bilan aloqadorligini ta'kidlagan. 
 

Mavzuga oid