Jahon | 16:22 / 21.09.2016
3813
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Karolinadagi namoyishlar vaqtida 12 politsiyachi jarohatlandi

AQShning Shimoliy Karolina shtatida afroamerikalikning politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilishiga qarshi boshlangan namoyishlar vaqtida 12 nafar politsiyachi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy nashrlarda xabar tarqatilgan.

Namoyishlar seshanba kuni kechqurun boshlandi. Namoyish ishtirokchilari "Qora tanlilarning ham hayoti qadr-qimmatga ega", "Adolat yo‘q - tinchlik yo‘q" kabi shiorlar ko‘tarib olishgandi.

Qayd etilishicha, huquq tartibot organlari xodimlari olomonni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lgan.

Shimoliy Karolinada tartibsizliklar

Mavzuga oid