20 sentabr kuni Xalqaro biznes markazida ICTWEEK Uzbekistan-2016 Haftaligi doirasida yillik AKT Sammiti – ICTSUMMIT-2016 tadbiri bölib ötadi. Tadbir yalpi yiğilişlar körinişida ötkaziladi. Sammit joriy yilda mamlakatimiz IT-sohasida erişilgan natijalar hamda soha mutaxassislari oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bağişlanadi.
ICTSUMMIT-2016 sammitida muhokama qilinadigan mavzular orasida «Elektron hukumat», «Axborot xavfsizligi», «Dasturiy ta'minot mahsulotlari va axborot zaxiralari bozorini rivojlantiriş» kabilar örin olgan. Sammit qatnaşçilari, şuningdek, yangiça şaroitlardagi IT-biznes istiqbollari va sohadagi birgalikdagi taraqqiyot masalalari muhokama etadilar.
Mazkur sammit mahalliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etuvçi tadbirlardan biri hisoblanadi. Uning maqsad va vazifalari xalqaro miqyosda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining barqaror rivojlanişi va hammabopligini ta'minlaşga qaratilgan global maqsadlar bilan uyğundir.
AKT Sammiti iştirokçilari soni 300 nafarga yaqin bölib, unda yurtimiz davlat organlari rahbarlari va mutaxassislaridan taşqari, Koreya, Xitoy, Fransiya, Rossiya, Ozarboyjon, Ukraina kabi davlatlardan taşrif buyurgan tadbirkorlar, kompaniyalar rahbarlari va mutaxassislari, xalqaro ekspertlar va tahlilçilar, şuningdek BMT TD va Xalqaro elektraloqa ittifoqi kabi xalqaro taşkilotlar vakillari ham qatnaşadi.
Tadbirdagi ma'ruzalar «Mamlakatda elektron tijoratni rivojlantiriş istiqbollari», «Keng çiziqli ulanişning rivojlanişida innovatsion xizmatlar ahamiyati», «Davlat boşqaruvining raqamli transformatsiyasi», «IT-ta'limni rivojlantirişga sarmoyalar kiritişning muhimligi» kabi mavzularga bağişlanadi.
ICTWEEK Uzbekistan-2016 Haftaligi doirasidagi tadbirlari bilan www.ictweek.uz rasmiy sayti orqali tanişib borişingiz mumkin.

















