Meksika AQŞda noyabr oyida bölib ötadigan prezidentlik saylovida Donald Tramp ğalaba qozongan taqdirda “şayton bilan gaplaşişga” töğri keladi. Bu haqda Meksika iqtisod vaziri Ildefonso Guaxardo ma'lum qilgan.
"Agar bizga meksikaliklar xavfsizligini ta'minlaş uçun iblis bilan gaplaşişga töğri kelsa, unda u bilan gaplaşamiz", — deb Guaxardo sözlaridan iqtibos keltiradi “Reyter” agentligi.
Vazirning bu sözlari AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Trampning Meksikaga taşrifidan söng 20 kun ötib e'lon qilingan. Tramp Mexikoda mamlakat prezidenti Enrike Peney Neto bilan NAFTA kelişuviga aloqador masalalarni muhokama etgan edi.
















