Telekommunikatsion qurilmalar ishlab chiqaruvchi Ericsson kompaniyasi Shvetsiyaning Buras va Kumla shahridagi ikkita oxirgi korxonasini 3 ming ish o‘rnini qisqartirib yopmoqchi. Bu haqda Svenska Dagbladet shved gazetasiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Shvetsiyadagi ishlab chiqarishning qisqartirilishi 3 mlrd kron tejashga imkon beradi. Bundan tashqari, Ericsson butun dunyo bo‘ylab xodimlari sonini qisqartirmoqchi.

Ericsson kompaniyasi 1876 yilda Lars Magnus Eriksson tomonidan telegraflarni tuzatuvchi korxona sifatida yaratilgan. Kompaniya tez orada kengayib, telefon va telegraf qurilmalari ishlab chiqara boshlagan. 

Bir vaqtlar mobil telefonlar ishlab chiqargan Ericsson hozirda asosan professional tarmoq qurilmalarini yaratish bilan shug‘ullanadi.