Ukraining Oliy radasi zalida Pyotr Poroshenko Bloki fraksiyasi o‘rinbosari Aleksey Goncharenko va Muxolifat blokining deputati o‘rtasida janjal bo‘ldi.
«112 Ukraina» telekanalining xabar berishicha, Goncharenko Muxolifat blok sektoriga kelgan va deputat Nikolay Skorikni “joyiga o‘tqiztirib” qo‘ymoqchi bo‘lgan.
Deputatlar Vasiliy Nimchenko, Yuriy Moroko, Ivan Mirnyy, va boshqalar Goncharenkoni Skorik yoniga yaqinlashtirmagan. Buning oqibatida janjal ko‘tarilgan.










