Turkiya bilan Yevropa taşqarisida qoçqinlar lageri barpo etiş böyiça kelişuvga öxşaş kelişuv yaqin orada Afğoniston bilan tuzilişi mumkin, deb hisoblamoqda Avstriya kansleri Kristian Kern.
"Bizda (YeI) Turkiya bilan muvaffaqiyatli model bor va biz uni kengaytirişimiz lozim. Yaqin orada şunday kelişuv Afğoniston bilan ham tuzilişi mumkin", deb aytdi Kern Venada 24 sentabrda ötgan "Bolqon marşruti" davlatlari sammitida.

















