09:01 / 25.09.2016
8246

“O‘rgimchak odam” trilogiyasi aktyorlaridan biri olamdan o‘tdi

Foto: Google image

Amerikalik aktyor va prodyuser Bill Nann 63 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda 24 sentabr kuni rejissyor, ssenarist va prodyuser Spayk Li “feysbuk”dagi o‘z sahifasida e'lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Nann o‘zi tug‘ilib o‘sgan Pittsburg shahrida vafot etgan. O‘lim sabablariga oydinlik kiritilmagan.
Aniqroq aytadigan bo‘linsa aktyorning 63 yoshga to‘lishiga bir oycha vaqt qolgan edi: u 1953 yilning 20 oktabrida tug‘ilgan.
Ma'lumot uchun: Bill Nann 1987 yildan o‘z faoliyatini boshlagan. U “O‘rgimchak odam” trilogiyasida “Deyli Byugl” gazetasi jurnalisti va muharriri Jozef Robertson obrazi orqali taniqlidir.
Bill Nann 70 dan ziyod kinokartina, telefilm va seriallarda rol ijro etgan.
 

Mavzuga oid
Top