Hollivudda 21 asrning eng şov-şuvli ajraşuvi sifatida körilayotgan Bred Pitt hamda Anjyelina Jolining oilasi buzilişi aktrisaning siyosiy ambitsiyalari ortidan yuzaga kelgan. Bu haqda TMZ naşri juftlikka yaqin manbasiga asoslangan holda xabar qildi.
Naşrda yozilişiça, göyoki Joli BMT boş kotibiga aylaniş borasida şirin xayollarga berilgan va bu maqsad yölida 2 nafar siyosiy maslahatçi ham yollagan. Pitt esa uning BMT elçisi sifatidagi xayriya işlaridagi faoliyatiga heç qaçon qarşilik körsatmagan. Lekin u ziddiyatlar hududidan 2 nafar qoçqin bola bilan qaytganidan keyin muammolar yuzaga kelgan. U Pittdan özi bilan birga Suriyaga borişini söraşi esa "sabr kosasiga tökilgan oxirgi tomçi" bölgan.
24 sentabr kuni Buyuk Britaniyadagi Daily Mail naşri Jolining bir neça hafta oldinoq Malibudan oyiga 95 ming dollarlik uy ijaraga olgani haqida xabar berdi. Ayni vaqtda aktrisa şu uyda 6 farzandi bilan birga istiqomat qilayotgani aytilgan.
Joli Pitt bilan nikoh munosabatlarini uzişi böyiça ariza topşirgani 20 sentabr kuni ma'lum bölgandi. Naşrlarda bunga Joli Pittning otalik vazifalarini köngildek bajarmayapti deb hisoblayotgani sababligi aytilgan. U suddan bolalarni özida qoldirişni, şuningdek, Pittga dam oliş kunlari bolalar bilan uçraşişga ruxsat berişni söragan.
Keyinçalik turli manbalarda MQB Pittning farzandlariga beşafqat munosabatda bölib kelgani haqidagi ma'lumotlarni tekşirişi xabar qilindi.
Joli 2001 yildan buyon BMTning köngilli elçisi hisoblanadi. Şu vaqtgaça u Livan, Iroq, Suriya va Iordaniya kabi mamlakatlarda insonparvarlik missiyalari yuzasidan bölgan.
41 yoşli Joli va 52 yoşli Pittning munosabatlari 2005 yilda boşlangan, juftlik 2014 yilning avgustida turmuş qurgandi. Ular birgalikda 3 nafar asrab olingan bolani - kambojalik Meddoks, vetnamlik Paks va efiopiyalik Zaharani, şuningdek, 3 nafar biologik farzandlari - Şaylo, egizaklar Noks va Vivenni birgalikda tarbiyalab kelişayotgan edi.

















