Amerikaning "Yes California!" harakati ştatning AQŞdan ajralib çiqiş masalasi böyiça referendum taşkil qilişni rejalaştirmoqda. Mazkur harakat yetakçisi Luis Marinelli Moskvada bölib ötgan "Millatlar muloqoti" forumi yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida şu haqda ma'lum qildi.  

"Kampaniyamiz dastavval nimadan boşlandi? Biz AQŞning agressiv taşqi siyosatida iştirok etiş örniga mustaqil mamlakat sifatida yaşay olişimiz, mudofaa xarajatlarini qisqartirib, Kaliforniya aholisining turmuş tarzini yaxşilaşimiz mumkinligi töğrisidagi ma'lumotdan boşlandi. Biz kaliforniyaliklar bilan muloqot qilamiz, xabarlaşamiz va ular bunga juda yaxşi munosabat bildirişadi", - dedi Marinelli. 

"Yes California!" harakati yetakçisi bunday referendumni ötkaziş uçun yetarliça imzo töplaş kerakligini ta'kidladi. 

25 sentabrda Rossiya poytaxtida "Millatlar muloqoti. Xalqlarning öz yölini belgilaş huquqi va köp qutbli dunyoning barpo etilişi" II Xalqaro konferensiyasi bölib ötdi. Unda iştirok etiş uçun dunyoning turli burçaklari - Kataloniya, Texas, Kaliforniya va boşqa köplab mintaqalardan milliy ozodlik harakati vakillari taşrif buyurişdi.