Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
The Times: Ellardays Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan bo‘shatiladi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Sem Ellardays korrupsiyaga aloqadorligi bo‘yicha mojarolar fonida iste'foga chiqariladi. Bu haqda The Times xabar tarqatdi.
Angliya futbol assotsiatsiyasi 61 yoshli ushbu mutaxassisning The Telegraph nashri tomonidan o‘tkazilgan katta aksilkorruptsion tekshiruvlari doirasiga tushganidan keyin shunday qarorga kelgan. Jurnalistlar murabbiy bilan osiyolik tadbirkorlar qiyofasida muzokara o‘tkazgan va 400 000 funt evaziga o‘z mavqeidan foydalanib transferlarga ta'sir o‘tkazish, shuningdek, assotsiatsiyaning futbolchilarning transferlari bo‘yicha qoidalarini chetlab o‘tish yo‘llarini aytishga rozi bo‘lgan.
Bugun Ellardays FA rahbariyati vakillari Greg Klark va Martin Glenn bilan uchrashib, vaziyat yuzasidan gaplashishgan.
Nashr xabarida yozilishicha, FA murabbiyning bu masalasidagi pozitsiyasini tinglagan, shunga qaramasdan yaqin vaqtlar ichida uni ishdan bo‘shatish qaroriga kelgan.
Ellardays Angliya terma jamoasi boshqaruviga kelganiga atigi 67 kun bo‘ldi. Uning boshchiligida jamoa JCh-2018 saralashi doirasida Slovakiyaga qarshi bir o‘yin o‘tkazib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mavzuga oid
21:19 / 16.05.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
14:52 / 21.04.2025
Okean ustidan g‘alaba
15:39 / 11.03.2025