Madridning «Real» jamoasi va Portugaliya termasining sobiq futbolchisi Luish Figu «Roma» jamoasi hujumchisi Franchesko Tottini 40 yoshga chiqqani munosabati bilan tabrikladi.

Figu o‘z tabrigida 2000 yilda «Oltin to‘p»ni o‘zi olgani uchun Tottidan uzr so‘ragan.

«Qadrdonim Franchesko, sen ham keksayasanmi, a? Sening tug‘ilgan kuningda eng yaxshi tilaklarimni yo‘llayman. Men sendan uzr so‘rashim kerak, 2000 yilda «Oltin to‘p»ni sen emas, men olgandim. Sen bunga haqliroq eding», — deya Figuning so‘zlarini keltirgan Football Italia.

Franchesko Totti «Roma»da 1993 yildan buyon to‘p surib keladi. U «Roma» uchun 740 uchrashuvda maydonga tushgan, turli musobaqalarda 300 gol urgan va 117 golli uzatma muallifi bo‘lgan.