1940 yilda Germaniyaning Fransiyani bosib olişi giyohvand moddalar tufayli mumkin bölgan, deb ta'kidlamoqda nemis yozuvçisi Norman Oler The Guardian naşriga bergan intervyusida. Natsistlarning kokain, geroin, morfin va metamfetaminni iste'mol qilişiga oid The Total Rush kitobi muallifining aytişiça, faşistlar Germaniyasi rahbari Adolf Gitler ham bevosita bangi bölgan. 

Metamfetamin (pervitin) ötgan asrda Temmler Werke nemis firmasi tomonidan işlab çiqarilgan bölib, kuçli stimulyator sifatida qöllanilgan. Uni kotibalardan tortib aktyorlargaça barça iste'mol qilgan. Pervitin öşa davrlarda hatto konditerlik mahsulotlariga ham qöşilgan. Şokolad işlab çiqaruvçi firma giyohvand modda qöşilgan mahsulotini uy işlarini bajarişdan oldin ayollarga tavsiya qilgan. Bu albatta, qisqa vaqt içida barça işlarni qoyilmaqom bajarişga imkon bergan. 

Bundan taşqari, nemis armiyasi ham metamfetamindan faol foydalangan. Şifokorlar pervitinni çarçoqqa qarşi ajoyib vosita deb bilişgan. Xususan, Vermaxt askarlari Fransiyani egallab oliş çoğida kuniga bittadan tabletka iste'mol qilgan. Tungi vaqtlarda bu raqam 3-4tani taşkil etgan. Olerning fikriça, aynan pervitin sabab Fransiya istilo qilingan. 

Muallifning ta'kidlaşiça Gitler ham ğirt bangi bölgan. U 1941 yili xastalanganda, şaxsiy şifokori Teodor Gilbert Morell unga Eukodal (oksikodon)ni bera boşlagan. Bu dori oğriq qoldiruvçi va kuçli eyforiyani paydo qiluvçi malham hisoblangan. Keyinçalik Gitler kuniga ikkitadan inʼeksiya qabul qila boşlagan, bundan taşqari oksikodonga qöşimça ravişda quloq oğrigiga qarşi tavsiya qilingan kokaindan ham köp iste'mol qilgan. Reyxsfyurer umrining oxirgi pallalarida, Olerning aytişiça, sanoqli kunlari qolgan bangi edi.