Niderlandiya bosh prokurori Fred Vesterbekening so‘zlariga ko‘ra, Xalqaro tergov guruhi  (JIT) MH17 reysiga doir ishini 2018 yilga qadar uzaytirishi ma'lum bo‘ldi. 

"Tergov ishi qancha davom etishini aniq ayta olmayman, bu har xil omillar, tergovning borishi, guvohlarning ma'lumot to‘plashiga bog‘liq", - dedi u jurnalistlarga. 

MH17 reysi aviahalokati 2014 yilning 17 iyulida ro‘y bergan. Amsterdamdan Kuala-Lumpurga parvoz qilayotgan Malayziya avialiniyasiga tegishli bo‘lgan samolyotning qulashi natijasida 298 nafar kishi halok bo‘lgan.