Jahon | 11:33 / 28.09.2016
7356
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Isroil prezidenti Ukrainaga safarini muddatidan avval yakunladi

Foto: AP

Isroil prezidenti Reuven Rivlin Ukrainaga safarini qisqartirib, vataniga qaytishga qaror qilgan. U Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peresning vafoti munosabati bilan shunday yo‘l tutgan, deya xabar qilmoqda Isroil televideniyesining o‘ninchi kanali

Mahalliy telekanallar va radiostansiyalar xabariga ko‘ra, Nobel tinchlik mukofoti sovrindori, 93 yoshli Peres ikki hafta muqaddam boshidan kechirgan insultdan o‘ziga kelmay, hayotdan ko‘z yumgan. 

Rivlin 27 sentabrda, Babiy Yardagi fojiaga 75 yilligi munosabati bilan Ukrainaga safarini boshlagan edi. Ikkinchi jahon urushi davrida bu yerda natsistlar va ularning gumashtalari yuz mingdan ortiq kishini qatl qilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid