Shveytsariya qurolli kuchlariga taalluqli ko‘p maqsadli AS 332 Super Puma harbiy vertolyoti 28 sentabr kuni Sen-Gottard tumanida halokatga uchradi. Bu haqda Tichino kantoni politsiyasi bayonotiga asoslanib, Shveytsariyadagi "Tribune de Geneve" nashri xabar bermoqda.
Politsiya bayonotiga ko‘ra, halokat oqibatida yaralanganlar bor.
Taktik-texnik xarakterga ega AS 332 Super Puma vertolyoti bortiga ekipaj a'zolaridan tashqari 24 yo‘lovchi uchun o‘rin mavjud.










