Mixaylovka şahrida (Volgograd viloyatida) zaharli qöziqorinlarni iste'mol qilgan 8 yoşli qizça hayotdan köz yumdi. Bu haqida Volgograd viloyati tergov bölimining saytida xabar berildi.
Unga köra, bir hafta ilgari 8 yoşli maktab öquvçisi ota-onasi bilan birga Moskvaga borgan, ular qaytişda Tambov viloyatida töxtaşgan. Oila a'zolari yöl böyidagi örmon çiziğida qöziqorin terişgan. Uyga kelişganidan söng qizning otasi mahalliy bozordan ham qöziqorin xarid qilgan.
"Qöziqorinli taomni iste'mol qilgan oila a'zolari bir neça soat ötgaç, özlarini yomon his qila boşlaşgan. Ular 24 sentabr kuni taxminan soat 5larda şifoxonaga yetkazilgan. Qizning ahvoli şifokorlar tomonidan öta oğir, deya baholangan. Şifokorlar bir neça kun uning hayotini saqlab qoliş uçun kuraşişdi. Biroq qiz hayotdan köz yumdi", - deyildi idorada.

















