Britaniyalik qöşiqçi Robbi Uilyams özining Facebook'dagi sahifasida "Party Like A Russian" ("Ruslar kabi bayram qil") qöşiğiga tasvirga olingan klipni taqdim etdi. Rolikda u haşamatli saroyda baletçi qizlar bilan raqsga tuşadi. 

Xonanda butun millatning pulini ömarib, şaxsiy kosmik stansiyasini qurgan, heç qaçon tabassum qilmaydigan badavlat rus kişisi haqida kuylagan.

"Ruslar kabi bayram qil, ortiqça gap-sözni töxtat, xuddi aqldan ozgandek raqsga tuş", - deyiladi qöşiq matnida, hattoki bir neça rusça sözlarni ham qöşib qöyadi. Uşbu kompozitsiya qöşiqçining yangi "Heavy Entertainment Show" albomiga kiritilgan. 

Uilyams qöşiqdan Rossiya prezidenti haqidagi misralarni olib taşlaganini aytdi:

"Rossiyada 147 million kişi yaşaydi. Ularni xafa qilmoqçi emasman. Nima bölganda ham, ularning hazil-mutoyibaga munosabati qanday ekanini bilmayman. Men heç kimning ustidan kulmadim. Qöşiq siyosiy jihatdan nobop bölmasligi uçun undan bir neça misralarni olib taşladim", - dedi Uilyams The Sun naşriga bergan intervyusida. 

Robbi Uilyams Britaniyaning eng maşhur qöşiqçisi hisoblanadi. Ijroçi albomlarining dunyo miqyosida sotilişi 55 million nusxadan oşadi. Qöşiqçi bir neça marotaba Rossiyada bölgan.