Panasonic kompaniyasi "aqlli" gadjyetlar va internet buyumlari qurilmalarini (IoT) işlab çiqariş uçun juda yupqa litiy-ion batareyalarini namoyiş qildi. Batareyaning işlab çiqarilganligi haqidagi xabar kompaniyaning rasmiy saytida çop etildi.
Namoyiş etilgan akkumulyatorlar kiçik hajmga ega - 17,5 mAç'dan 60 mAç'gaça (hajmiga qarab - 28,5x39 mm - 40x65 mm'gaça). Qalinligi bir xil - 0,55 mm. Ularni 40 mm'gaça radiusda egiş mumkin va ikki tomonidan 25 daraja böylab aylantiriş mumkin.
Akkumulyatorning korpusini maxsus laminatsiyalangan qobiq himoya qiladi. Panasonic'ning ta'kidlaşiça, yangilik portativ qurilmalarda qöllaş uçun mutlaqo xavfsiz.
Kompaniya hozirça yangi egiluvçan akkumulyatorlarni qöllaş mumkin bölgan aniq qurilmalarni namoyiş qilmadi. Ularni taqiluvçi yoki köçma gadjyetlarda (bilakuzuk, soat va h.k) qöllaş rejalaştirmoqda. Panasonic özining yangi mahsulotini 4-7 oktabr kunlari Tiba şahrida (Yaponiya) bölib ötadigan CEATEC JAPAN 2016 körgazmasida taqdim qilişi kutilmoqda.

















