Xitoy Fan va texnologiyalar universitetining bir guruh olimlari litiy akkumulyatorlarni qayta işlaşning ekologik texnologiyasini taqdim etdi. Tadqiqot natijalari Nature Sustainability jurnalida e’lon qilingan.
Qayd etilişiça, professor Çen Vey boşçiligidagi tadqiqotçilar guruhi litiy ionlarining azot ikki oksidi bilan özaro ta’siriga asoslangan elektrokimyoviy jarayonni işlab çiqqan. Uşbu texnologiyaning öziga xosligi faqat metall işqorini ötkazadigan keramik membranadan foydalanilişida — u qayta işlaşning yuqori samaradorligini ta’minlaydi.
Test natijalari işlatib bölingan akkumulyatorlardan 97 foizgaça litiyni ajratib oliş, şuningdek, qayta işlangan har bir kilogramm materialdan 66 vatt elektr energiyasini generatsiya qiliş mumkinligini körsatgan. Olimlarning ta’kidlaşiça, uşbu jarayon qimmat kimyoviy moddalardan foydalanişni talab etmaydi va atrof-muhitga zararli ta’sirni kamaytiradi.
Sanoat çiqindilaridan azot dioksidini ajratib oliş uçun olimlar dimetilformamid asosidagi elektrolitlar bilan tejamkor uglerod membranalaridan foydalangan. Litiy ionlari bilan reaksiyaga kirişilganida toza litiy nitrat paydo böladi va bir vaqtning özida elektr energiyasi generatsiyasi amalga oşadi.
Tadqiqotçilarning fikriça, mazkur innovatsiya litiy akkumulyatorlarni qayta işlaş yönalişini butunlay özgartirib yuborişi mumkin. Yangi texnologiya har yili çiqindiga taşlanadigan ön minglab tonna batareyalarni utilizatsiya qilişda nisbatan ekologik va iqtisodiy jihatidan foydali yeçimni taqdim etadi.

















