Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvadorda nogiron siyosatchi mamlakat prezidentiga aylanishi mumkin
Ekvadorda o‘ng partiya mamlakatning sobiq vitse-prezidenti, 63 yoshli Lenin Morenoni navbatdagi prezidentlik sayloviga nomzod sifatida ko‘rsatmoqda. Bu haqda Reuters xabar bergan.
Moreno Ekvadorning amaldagi prezidenti, so‘l kuchlar vakili Rafael Korreaning ittifoqchisi hisoblanadi. U Korrea prezidentligi davrida, 2007 yildan 2013 yilgacha vitse-prezident bo‘lgan. Ayni vaqtda Moreno BMTning nogironlik masalalari bo‘yicha maxsus elchisi hisoblanadi.
Morenoga amaldagi vitse-prezident Xorxe Glas hamkorlik qiladi.
Korreaning ikkinchi prezidentlik muddati 2017 yilning mayida yakunlanadi. Prezidentlik uchun saylovlar 2017 yilning fevralida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Moreno o‘z hayotiga uyushtirilgan suiqasddan keyin oyoqsiz qolgan bo‘lib, nogironlik aravachasida harakatlanadi. U Korreaning siyosatini davom ettirishni va'da qilgan.
Mavzuga oid
21:31 / 10.11.2025
Ekvador qamoqxonasida o‘nlab osilgan mahbuslar topildi
11:42 / 08.11.2025
O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
09:19 / 08.10.2025
Ekvadorda namoyishchilar prezident kortejiga hujum qildi
13:35 / 14.04.2025