2 oktabrda niderlandiyalik jurnalist Liviyada milliy kelişuv hukumati (MKH) qöşinlari va IŞID jangarilari örtasida Sirt şahridagi janglar vaqtida halok böldi. Bu haqda France-Presse axborot agentligi xabar bergan.
"Niderlandiyalik jurnalist snayper tomonidan otib öldirilgan. Uning jasadi Misurata şifoxonasiga yetkazilgan", deb şifoxona matbuot kotibi, doktor Akrom Glivananing sözlarini keltirib ötdi agentlik.
Faiz Saroj ma'muriyatiga tarafdor tuzilmalar 12 maydan beri IŞIDga qarşi "Al-Bunyon al-Marsus" deb nomlangan operatsiyani olib borişmoqda. Bu davr içida 400 dan köproq odam halok bölgan, 2,5 mingdan köproği jarohat olgan. MKH kuçlari tomonidan Sirt şahrini ozod qiliş böyiça operatsiya AQŞ harbiy aviatsiyasining kömagida amalga oşirilmoqda. Mamlakat hukumatida, Sirt yaqin orada MKH nazoratiga töliq ötişi aytilmoqda.













