Gruziyaning sobiq prezidenti, hozirda Ukrainaning Odessa viloyatida gubernator sanaladigan Mixail Saakaşvili umid bildirdiki, uni Gruziyadagi siyosiy raqiblari gulduros qarsaklar bilan qarşi olişadi. Bu haqda u özining feysbukdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.
«Meni hibsga olişlari haqida aytayotgan kişilar alaloqibat meni çegarada gulduros qarsaklar bilan kutib olişadi... Gruziyaning munis kişilari, biz sizlar uçraşişimizga bir neça kunlar qolgan. Yana bir neça kundan keyin Gruziyaning yangi kelajagi boşlanadi», — deya Saakaşvilining sözlarini keltirgan RIA Novosti.
Odessa gubernatori Gruziyada yangi hukumat tuzilişida faol ravişda harakat qilişini aytib ötgan. U yangi hukumatda hozirgi amaldorlar bölmasligiga va'da qilgan.
«Yangi hukumatda ayollarga köp örin beriladi va bu hukumat yanada gumanistik böladi», — deya qöşimça qilgan u.
1 oktabr kuni Saakaşvili vatanga qaytişi haqida Nyu-Yorkda "Yagona milliy harakat" partiyasi tarafdorlari bilan uçraşuv vaqtida aytib ötgandi.
U bu hodisa 8 oktabr kuni ötkaziladigan saylovlardan keyin röy berişini ma'lum qilgan.
26 sentabr kuni Gruziya içki işlar vaziri Georgiy Mgebrişvili agar Saakaşvili Gruziyaga qaytsa, içki işlar vazirligi unga nisbatan qonun doirasida harakat qilişini aytgan.
Bu esa sobiq prezident Gruziyada paydo bölsa hibsga olinişini anglatadi, çunki u prezidentligi vaqtida sodir etgan jinoyatlari uçun qidiruvga berilgan.
30 sentabr kuni mamlakatning sobiq boş vaziri Bidzin Ivanişvili ham uni Gruziyada qamoq kutayotganini bildirgan.
Saakaşvili Gruziyani 2013 yilda yangi prezident inauguratsiyasidan keyinoq tark etgan. Gruziya boş prokuraturasi unga uçta jinoiy iş, jumladan 5 mln dollar davlat pulini öz ehtiyojlariga sarflaş böyiça ayblov e'lon qilgan.

















