Rossiyaning Saratov viloyatida 19 yoşli qiz 12 yoşli boladan farzand kördi. Endi unga 10 yilgaça qamoq jazosi tayinlanişi mumkin. Bu haqda RIA Novosti agentligi mintaqaviy tergov bölimi rahbarining katta yordamçisi Yekaterina Pirskayaga asoslanib xabar qilgan.
Xabar qilinişiça, bu qiz va uning voyaga yetmagan "sevgilisi" lölilar oilasida tarbiyalanib, birga yaşaşgan.
"Dastlabki ma'lumotlarga köra, 2015 yilning noyabrida Pugaçevskiy tumanida 12 yoşli bola bilan jinsiy aloqa qilgan va bu yili undan farzand tuqqan. Şundan keyingi voqealar rivoji huquq tartibot organlariga ma'lum", deyilgan xabarda.
Pirskayaning ma'lum qilişiça, qizga nisbatan "12 yoşga tölgan, ammo 14 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş" moddasi böyiça jinoiy iş oçilgan. Unga 10 yilgaça qamoq jazosi tahdid qilmoqda.

















