Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Karolinada "Metyu" to‘foni sababli 1 mln dan ko‘proq odam evakuatsiya qilinadi
AQShning Janubiy Karolina shtati gubernatori Nikki Xeyli "Metyu" to‘foni sababli sohilbo‘yi hududlarida yashovchi odamlar evakuatsiya qilinishini e'lon qildi va maktablarning yarmida mashg‘ulotlarni bekor qildi, deb xabar bermoqda WLTX19.
Uning aytishicha, tibbiyot muassasalarida evakuatsiya boshlangan, evakuatsiyaning asosiy bosqichi 5 oktabrda mahalliy vaqt bilan 3.00 da (Toshkent vaqti bilan 12.00) boshlanadi.
1,1 mln ga yaqin odam evakuatsiya qilinishi kutilmoqda. Xeylining aytishicha, sohildan 100 mil (160 km) uzoqlikda bo‘lgan barcha odamlar ushbu hududni tark etishlari kerak.
"Agar ertaroq keta olsangiz, undan ham yaxshi, bundan maqsad hamma bir vaqtda ketmasligidir", deb aytdi gubernator.
Xeylining ta'kidlashicha, evakuatsiya tez o‘tmaydi va shuning uchun sabrliroq bo‘lish va jarayonga bir necha soat ketishini tushunishni so‘radi.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
01:04 / 21.03.2026
Slavyanskdan bolalarni majburiy evakuatsiya qilish boshlandi
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
10:40 / 07.01.2026