Hollivudning maşhur aktrisasi Anjyelina Joli Çarli Şinning sobiq xotini, aktrisa Deniz Riçardsning haşamatli uyini ijaraga oldi. Bu haqida Daily Mail naşri xabar berdi.
Uy Kaliforniyaning Hidden-Hills şahrida joylaşgan. Uning maydoni deyarli 800 kvadrat metrdan iborat. Koşonada 6 yotoqxona, launj-hudud, vino degustatsiyasi uçun maxsus zal, ovqatlaniş xonasi va oşxona mavjud.
Deniz Riçards bu uyni 2007 yilda ajrimdan söng sotib olgandi. Şundan keyin u uyga ança özgarişlar kiritgan va unga hollivudça tus bergan. 2015 yilda aktrisa bu koşonasini 7,75 million dollarga sotuvga qöydi. Xaridor çiqavermagaç, Riçards uning narxini ikki marotaba pasaytirgan.
Joli turmuş örtoği Bred Pitt bilan ajraşiş uçun ariza berganidan keyin Malibudagi ijarada yaşagan uyidan şu yerga bolalari bilan köçib kelgan.




Suratlar:CRISNET

















