Xitoylik sayyohlar XXR taşkil topgan kun munosabati bilan e'lon qilingan 5 kunlik dam oliş kunlaridagi sayohatlari davomida 60 milliard dollar sarflaşgan. Markaziy Xitoy televideniyesi xabar qilişiça, bayram munosabati bilan e'lon qilingan dam oliş kunlari hali nihoyasiga yetmagan, şu bois sayyohlar sarflagan yakuniy summa bundan ham köp bölişi mumkin. Bu haqida TASS naşri xabar berdi.
Oktyabrning ilk 5 kun natijalariga köra, 589 million kişi Xitoy böylab sayohat qilişgan, yana 6 million nafari xorijiy safarlarga yöl olişdi. "Joriy yilda dam oliş uçun tanlanayotgan eng maşhur joylar - Koreya Respublikasi, Tailand, Yaponiya, Indoneziya, AQŞ, Singapur, Vetnam, Malayziya, Maldiv orollari va Rossiya", - deya ma'lum qilindi Xitoyning eng yirik sayyohlik operatori hisoblangan Ctrip kompaniyasida.
2015 yil yakunlariga köra, Xitoyning xalqaro turizm sohasidan tuşuvçi daromadlar 114 milliard dollarni taşkil qilgan. XXR bu körsatkiç böyiça Ispaniyani ortda qoldirib, dunyo miqyosida ikkinçi örinni egalladi.
Ötgan yili taxminan 128 million Xitoy aholisi xorijga sayohat qilgan. Ular sayohatlari davomida deyarli 292 milliard dollar sarflaşgan.
Manbaga köra, xitoyliklar sayohatni rejalaştirayotganda xorij mamlakatidagi obidalar va öşa joyning oşxonasiga xos bölgan xususiyatlarga alohida e'tibor qaratişadi.

















