Nashrning yozishicha, diviziya 6952-aviabaza negizida tashkil etilib, Ukrainka va Belaya aerodromlaridagi samolyotlarni jamlaydi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, bundan tashqari uzoq masofaga parvoz qiluvchi aviatsiyaning Sharqiy va Markaziy harbiy okruglardagi bir nechta eskadrilyalari ham diviziya ixtiyoriga berilgan. 

Gazetaning yozishicha, 2015 yilda Rossiyaning Yevropa hududidagi aerodromlarda joylashtirilgan Tu-95MS, Tu-160 va Tu-22M3 samolyotlarini birlashtiruvchi 22-og‘ir bombardimonchi aviadiviziyasi qayta tiklangan edi. 

Ekspertlarning fikricha, yangi harbiy birlashma Yaponiya — Guam orollari — Havayi orollari uchburchakligiga mas'ul bo‘ladi.