Turkiya Halabda jangovar operatsiyalar ötkazmagan, uning aviatsiyasi harakatlari oqibatida Suriyada fuqarolar orasida qurbonlar bölmagan. Bu haqda 5 oktabrda Turkiya qurolli kuçlari boş ştabi ma'lum qildi.
Harbiylar "OAVning bugungi operatsiyalar oqibatida tinç aholi ölgani haqidagi xabarini oçiqçasiga iğvo" deb atadilar. "Mintaqada zarbalar beriş uçun nişonlar juda sinçkovlik bilan tanlanadi va bir neça marotaba tekşiriladi", deb ma'lum qildi boş ştab.
"Ba'zi manbalarning biz tomondan Halabda ötkazilgan operatsiya haqidagi ma'lumotlari haqiqatga töğri kelmaydi. Bizning bunga umuman aloqamiz yöq", dedilar harbiylar. Avvalroq ba'zi turkiy tildagi OAV Suriya muxolifatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda turk harbiy-havo kuçlarining aviazarbalari oqibatida önlab odamlar halok bölganini ma'lum qilgan.
Boş ştab "bugun "Evfrot qalqoni" operatsiyasi doirasida Turkiya harbiy-havo kuçlari tomonidan Suriyaning Aktarin va Kabtan tumanlarida amalga oşirilgan harakatlar natijasida IŞIDga tegişli qömondonlik punkti va 4 ta bino yöq qilinganini" ma'lum qildi.

















